Главная » De Bryuyne, Grizmann va Iguain “Oltin to‘p–2016” mukofotiga da’vogarlar ro‘yxatidan joy oldi
(

France Football nashri yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofotiga da’vogar yana besh futbolchining nomini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“Oltin to‘p–2016” mukofotiga “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne, “Yuventus” hujumchilari Paulo Dibala va Gonsalo Iguain, “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann va himoyachi Diyego Godin da’vogarlik qiladi.

France Football inglizcha “H” harfigacha bo‘lgan nomzodlar nomini e’lon qildi. Bu esa “Manchester Yunayted” posboni David De Xea hamda “Real” hujumchisi Karim Benzema “Oltin to‘p”ga da’vogarlar ro‘yxatidan joy olmadi degani.

Avvalroq “Real” yetakchilari Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl, “Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon, “Manchester Siti” forvardi Serxio Aguero va “Borussiya D” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang 2016-yilgi “Oltin to‘p” sovriniga nomzod sifatida ko‘rsatilgani haqida xabar berilgandi.
Просмотров (88)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar