Главная » Denis Istomin: Novak Jokovichga achinaman, ammo zo‘r o‘ynaganimdan o‘zim ham hayratlandim
(

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bugun, 19-yanvar kuni “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Australian Open–2017 tennis turnirining ikkinchi davrasida jahonning ikkinchi raketkasi – serbiyalik Novak Jokovichga qarshi bahs olib bordi.

Qariyb 5 soat davom etgan bellashuvda O‘zbekiston vakili 7:6, 5:7, 2:6, 7:6, 6:4 hisobida zafar quchib, haqiqiy sensatsiya qayd etdi. O‘yindan keyin 30 yoshli Istomin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb yozadi “Sports.uz”.

Novakka achinaman, lekin zo‘r o‘ynaganimdan o‘zim ham hayratlandim. Jamoamdagilarga rahmat aytaman. Uchinchi setda tanam uvishib qoldi lekin qanday qilib g‘alaba qozonganimni anglay olganim yo‘q.

Denis Istomin, tennischi

Kutilmaganda mag‘lubiyatga uchragan serbiyalik tennischi kuchli ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Denisning kuchini tan olish lozim. U ajoyib o‘ynadi va haqqoniy g‘alabaga erishdi. Shubhasiz, u o‘yinning asosiy jabhalarida mendan ustun edi.

Novak Jokovich, tennischi

Bunga qadar har ikki sportchi besh bor to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning barchasida Jokovichning qo‘li baland kelgan, Istomin esa faqatgina bir dona setni o‘z foydasiga hal qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin 17-yanvar kuni o‘tkazilgan ilk davrada xorvatiyalik Ivan Dodigni 4 setda – 6:1, 6:4, 3:6, 7:5 mag‘lub etgandi. Uchinchi davrada o‘zbekistonlik tennischi Ispaniya vakili, jahonning 31-raketkasi Pablo Karreno Bustaga qarshi bahs olib boradi. Bo‘lajak o‘yin natijasidan qat’i nazar Istomin 97 ming dollar ishlab oladi.

Denis Istominga 97 ming AQSh dollari taqdim etdi
Просмотров (208)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar