Главная » DisplayMate talqini bo'yicha Samsung Galaxy Note7 eng yahshi displeyga ega deb e`tirof etildi
(Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi mahsulotlari ilg'or to'plamlardan foydalangani tufayli eng yahshi qurilma maqomiga birinchi marotaba egalik qilayotgani yo'q.



Galaxy Note7 modeli ham o'zining ekrani bilan nufuzli DisplayMate laboratoriyasining mutahassislari tomonidan eng ilg'or tehnologiyaga ega displey deb topildi. DisplayMate ekspertlari 2560 × 1440 pikselli Super AMOLED matritsanining qobiliyatini sinchkovlik bilan tekshirib, bozordagi raqobatchilar tahlili bilan solishtirishdi va qat`iy hulosaga kelishdi.

Samsung Galaxy Note7 matritsasi birdaniga bir necha rekord ko'rsatkichlarni qayd etdi:
1000 nitga Yetuvchi eng yuqori tiniqlik;
rangli gammaning eng keng diapazoni;
eng yuqori kontrast darajasi;
aks ettirishning eng past koeffitsiYenti (bor-yo'g'i 4,6 foiz).
Shuningdek, ekspertlar Galaxy Note7 displeyining sozlamalarini, jumladan, tungi ish rejimi tanlanganida ekran rangini o'zgartirish uchun ishga tushadigan rangli fil'trni ham e`tibordan chetda qoldirishmadi. «Iliq» ranglarga o'tish hisobiga Yetarlicha bo'lmagan yorug'lik sharoiti yoki kunning ikkinchi yarmida smartfonning tomosha qulayligi ortadi. Birdaniga ikkita ichki yorug'lik datchiklarining mavjudligi avtomatik yorqinlik sozlagichni maksimal' darajada ravshan va kichik tashqi o'zgarishlarga ham sezgir qiladi. Samsung Galaxy Note7 ekrani tadqiqot natijalariga ko'ra «juda yahshi»dan «qoyilmaqom» bahosini oldi.
Просмотров (76)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar