Главная » Diydor shirin” ko‘rsatuvi boshlovchisi Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirdi
(

O‘zbekiston televideniyesi rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor, taniqli suxandon, “MY5” telekanalidagi “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashriga tayanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Nasiba Maqsudova Yangi yil bayrami oldidan suratga olish ishlaridan qattiq toliqqan, so‘ng shifoxonaga tushgan. Ayni damda diktorning salomatligi joyida. U Toshkentdagi shifoxonalardan birida davolanmoqda.

Ma’lumot uchun, Nasiba Maqsudova 1948-yilda tavallud topgan. Uzoq yillar O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan.
Просмотров (551)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar