Главная » Diyorbek O‘rozboyev terma jamoamiz hisobiga ilk bronza medalini olib keldi!
(Biroz avval dzyudo bo‘yicha Rio Olimpiadasining dastlabki kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Quvonarlisi, ushbu kun doirasidagi bahslarda terma jamoamiz a’zosi Diyorbek O‘rozboyev (-60 kg) Riodagi ilk medalimizni olib keldi.



Bronza medali uchun o‘tish bellashuvida braziliyalik Felipe Kitadini mag‘lub etgan Diyorbek bronza medali uchun gruziyalik Amiran Papinashviliga qarshi tatamiga chiqdi. Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, terma jamoamiz Rio Olimpiadasida ilk medalni qo‘lga kiritdi. Ketma-ket uchinchi Olimpiadada dzyudochilarimiz terma jamoamiz hisobiga ilk medalni olib kelishayotgani bu sportning yurtimizda ancha jadal rivojlanib kelayotganidan dalolat beradi. Ertaga bellashadigan polvonlarimizga ham kamida shunday muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Просмотров (158)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar