Главная » Dj Piligrim sobiq turmush o`rtog`i haqidagi savollarni nega javobsiz qoldiradi?
(

Dj Piligrim taxallusi bilan salkam yigirma yildan buyon ijod qilib kelayotgan Ilhom Yo`lchievning muxlislari u bilan suhbatlashishimizni so`rab, ko`p bora tahririyatga murojaat qilishgan. Taxallusiga mos ravishda ko`p sayohat qiladigan xonandaning Toshkentda ekanligidan xabar topib, uni suhbatga chorladik. Uchrashuvga ham qo`lida fleyta tutib kirib kelgan, o`ziga xos uslubga ega bu xonanda bilan hayotiy falsafasi, shaxsiy hayoti va milliy estrada borasida suhbatlashdik...

— So`nggi paytlarda internet tarmoqlarida siz va xonanda Lola Yo`ldoshevaning ismi birgalikda tez-tez tilga olinyapti...

— Lola bilan faqat ijodiy hamkorligimiz bor. Men yaratgan qo`shiqni, yaxshi ijrochi, barcha hurmat qilib tinglaydigan xonanda kuylashini istagandim. Istagim amalga oshdi. Shuning uchun ham so`nggi vaqtlarda u bilan ko`p hamkorlik qilyapmiz. Bor gap shu. Kimlardir tarqatayotgan gaplar esa mish-mishdan boshqa narsa emas.

— Lekin sobiq turmush o`rtog`ingiz, “Setora” guruhining sobiq xonandasi Kamila haqidagi savollarni javobsiz qoldirasiz...

— Chunki bu haqda jurnalistlarga ham, muxlislarga ham, etarlicha javob berib bo`lganman. Har kuni, har bir muxlisga vaziyatni takror tushuntirishni istamayman. O`g`limning onasi Kamila bilan do`stona munosabatdamiz. Farzandimiz bilan bog`liq masalalarni birgalikda hal qilamiz.
Просмотров (126)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar