Главная » Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova Hindistonda vafot etdi
(

10-fevral kuni G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova vafot etdi, deya xabar bermoqda “Qalampir.uz”.
1966-yilning 26-martida tavallud topgan Munira Muhammedova tinglovchilar orasida tojik, fors, arab tilidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan edi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq yillar G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansamblida faoliyat yuritgan Munira Muhammedova salomatligi bilan bog‘liq muammolar sabab jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolanish uchun Hindistonga yo‘l olgan. Shifokorlar xonandaning jigar sohasida operatsiya o‘tkazdi, biroq urinishlar zoye ketib, xonanda bevaqt olamdan ko‘z yumdi.

“O‘tgan yili 50 yoshni qarshilagan Munira Muhammedovani taniganlar g‘ayratli, samimiy inson sifatida xotirlaydi”, — deb yozadi nashr.

Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzayev Hindistonga davolanish uchun ketib, o‘sha yerda vafot etgani 9-fevral kuni xabar qilingandi. Shuningdek, 8-fevral kuni taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova yurak xurujidan keyin olamdan o‘tdi.
Просмотров (620)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar