Главная » E`tirof – 2016» 49 nominasiya bo`yicha g`oliblarni aniqladi
(

14 fevral kuni «Istiqlol» san`at saroyida madaniyat, san`at, badiiy ijod, jurnalistika va sport sohalarida salmoqli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan bir guruh ijodkorlar va sportchilarni «E`tirof – 2016» mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Darakchi.uz nashri 14 fevral kuni mazkur marosimdan to`g`ridan-to`g`ri reportaj uzatdi.

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o`tkazib kelinayotgan «E`tirof» mukofoti mumtoz qo`shiq, milliy estrada, raqs san`ati, jahon musiqa merosi, teatr va kino san`ati, adabiyot, musavvirlik, haykaltaroshlik, jurnalistika kabi yo`nalishlarda soha ravnaqiga hissa qo`shgan eng munosiblarni aniqladi.

Bu yil mukofotga nomzodlar «Teatr, kino va ommaviy tomoshalar», «Estrada, an`anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san`ati», «Tasviriy va amaliy san`at», «Badiiy ijod, jurnalistika va televidenie», «Sport», «E`tibor, ehtirom, e`zoz» yo`nalishlarida qirq to`qqiz nominasiya bo`yicha aniqlandi.

«E`tirof» mukofoti bilan taqdirlash marosimi uch yildan buyon o`tkazib kelinmoqda.

Bu yil nomzodlarni Haydarali Qayumov, Shuhrat Rizaev, Ayub Shahobiddinov, Feruza To`raxo`jaeva, Ramz Usmonov, Hilol Nasimov, Akmal Nuriddinov, Javlon Umarbekov, Sobir Raxmatov, To`lagan Tojixo`jaev, Valeriy Evgenev, Anvar Obidjon, Usmon Azim, Arslon Eshmurodov, Murod Aliev, Ravshan Ermatov, Dalmas Urazimbetovlardan iborat ekspertlar guruhi aniqlab berdi. Sahna ortidagi mazkur jarayon monitorda aks etib turdi.

Mukofotlar o`z egalariga birin-ketin ekspertlar guruhi tomonidan topshirila boshladi.

Bu yilgi taqdirlash marosimida rejissyor Rustam Sa`diev bir yo`la ikki mukofotni qo`lga kiritgani alohida olqishlarga sazovor bo`ldi. Rustam Sa`diev Yilning eng yaxshi kinofilmi yo`nalishi hamda eng yaxshi rejissyori nominasiyalarida g`oliblikni qo`lga kiritdi.

Bu yilgi taqdirlash marosimida “Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori” yangi nominasiyasi kiritilgan bo`lib, ushbu nomga “Baron” filmida bosh qahramonni gavdalantirgan rossiyalik aktyor Farhod Maxmudov sazovor bo`ldi.

Aktyor o`zining kechinmalari va hissiyotlari bilan o`rtoqlashar ekan, quyidagi so`zlarni aytib o`tdi:

“Men bundan 28 yil avval Rossiyaga o`qishga ketib, o`sha erda yashab qolib ketganman. Rustam Sa`diev “Baron”da suratga tushish taklifi bilan menga qo`ng`iroq qilganida, men uchun go`yo mo``jiza yuz bergandi. Men o`ylab ham o`tirmasdan rozilik berdi. Go`shakni qo`yib bo`lgach, ancha paytgacha o`zimga kelolmay joyimda qotib qoldi. Shunda o`g`lim mendan nima bo`lganini so`radi. Men unga ushbu qo`ng`iroqni 28 yil kutganimni aytdim. “Baronni” o`sha vaqtda Bosh vazir tomosha qilganini eshitganimda, o`zgacha g`ururga to`ldim. Hozir u inson O`zbekiston prezidenti. Ishonchim komil, Bunday Prezident bilan O`zbekiston madaniyati kelgusida yanada rivoj topadi.”
Marosimda yig`ilganlarning ko`ziga yosh keltirgan yana bir narsa bu 2016 yilda bizni tark etgan insonlarni xotirlash bo`ldi.

Unda O`zbekiston xalq artisti Obid Yunusov, O`zbekiston xalq shoiri va O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov, O`zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Vohidov hamda Mustakilligimizning asoschisi Birinchi Prezidentimiz xotirasi va 2016 yil ulardan ayrilish bilan og`ir yil bo`lgani haqidagi monitordagi lavhalar barchani larzaga soldi. Ushbu jarayonda butun zal tik turib, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shundan so`ng, tashkilotchilar “Yil e`tirofi” nomiga munosib topilganlarni taqdirlashdi.

“Yilning eng yaxshi rassomi” — Mirzaahmedov Hakim Karimovich,

“Yilning eng moxir hunarmandi”— Zokirov Rahmatilla Xusanovich,

“Yilning eng yaxshi haykaltaroshi” — Norxo`rozov Qurbon,

“Yilning eng yaxshi san`atshunosi”— Kamola Aqilova Boltaboevna,

“Yilning eng yaxshi spektakli”—“Mirzo Ulug`bek” spektakli Samarqand musiqali drama teatri.

“Yilning eng yaxshi teatr aktyori”—Saidov Tohir Samandarovich,

“Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi”—Abduolimova Dilorom Vohidovna,

“Yilning eng yaxshi teatr rejissyori”—Salimov Olimjon,

“Yilning eng yaxshi dramaturgi”— Erkin A`zam,

“Yilning eng yaxshi sahna rassomi”—Chernov Sergey,

“Yilning eng yaxshi kinofilmi”—“Baron” badiiy filmi,

“Yilning eng yaxshi kinoaktyori”—Abdullaev Farhod Badalovich,

“Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori”—Maxmudov Farhod,

“Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi”—Rahimjonova Ilmira Risqalievna,

“Yilning eng yaxshi kinorejissyori”—Sagdiev Rustam Mirhamidovich,

“Yilning eng yaxshi kinossenaristi”—Zulfiqor Musoqov,

“Yilning eng yaxshi kinooperatori”—Murodov Rustam Saidmalikovich,

“Yilning eng yaxshi sirk aktrisasi”—Yunusova Anjelika Ilinichna,

“Yilning eng yaxshi teatr rejissyori”— Olimjon Salimov,

“Yil teleloyihasi”(musiqiy)—“Mening ovozim” Sevara O`rinboeva Qo`chqoralievna,

“Yil radioloyihasi”(musiqiy)—“Asl san`at o`ylari” Mo`minova Gulnoz Qurbonovna,

“Yilning eng yaxshi boshlovchisi”—Xo`jaqulov Ma`rufjon Turdalievich,

“Yilning eng yaxshi teleradiojurnalisti”—Qurbonova Aziza Abdusodiqovna.

“Yilning eng yaxshi shoiri”—Mirzaeva Zebo Boymanovna,

“Yilning eng yaxshi yozuvchisi”—Do`stmuhammedov Xurshid,

“Yilning eng yaxshi publisisti”—Shukurov Bekzod Abduqayumovich,

“Yilning eng yaxshi munaqqidi”—Naim Karimov.

“Yil sportchisi”—Dusmatov Xasanboy Marfjon o`g`li,

“Yilning eng yaxshi sport murabbiyi”—Abdumalikov Bahrom Abdug`anievich,

“Yilning eng yaxshi paralimpiadachisi”—Norbekov Xusnutdin Qilichboevich,

“Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” — Amilova Fotimaxon Ravshanbek qizi

“Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi”— Shohruh Yo`ldoshev (Shohruhxon)

“Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi” — Musaeva Zilola Bahodirovna (Shahzoda)

“Yilning eng faol guruhi” — “Surxon” guruhi

“Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi”—Dilnoza Ortiqova,

“Yilning eng yaxshi bastakori”—Zokirov Shuhrat Rixsivaevich,

“Yilning eng yaxshi musiqa sayqalchisi”—Abdullaev Farhod,

“Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi”—Shohruh Yo`ldoshev(Shohruhxon)

“Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi”—Musaeva Zilola Bahodirovna(Shahzoda)

“Yilning eng faol guruhi”—“Surxon” guruhi,

“Yilning eng yaxshi an`anaviy qo`shiqlar erkak xonandasi”–Yahyo va Muhsimjon Mo`minovlar,

“Yilning eng yaxshi an`anaviy qo`shiqlar ayol xonandasi”—Rozumova Rohila Abdikarimovna,

“Yilning eng yaxshi opera xonandasi”—Mirzakamalov Rahim Ibragimovich,

“Yilning eng yaxshi musiqa ijrochisi”—Matanov Ikrom,

“Yilning eng yaxshi baletmeysteri”—Mo`minov Qodir Toshkenovich,

“Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi”—Kenjabaev Sherzod Alievich.

“Yil e`tirofi”

O`lmas Saidjonov

Ravshan Mirtojiev

Nasiba Maqsudova

Qunduz Mirkarimova

Po`lat Saidqosimov

Galina Melnikova

Anor Nazarov

Tantanali kechada turli nominasiyalar bo`yicha sovrindorlarga «E`tirof – 2016» mukofotining statuetkasi va diplomi topshirildi.

Kechani O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova yakunlab berdi.
Просмотров (655)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar