Главная » Egizaklarning bir-birini mehr bilan quchoqlab turgan surati fojeaviy taqdirdan so`zlaydi
(

AQShning Florida shtatida joylashgan Fort Pirs shahrida yashovchi yosh er-xotin Brendi Gyutller va Tommi Baxmayer egizak farzand ko`rgandan juda mamnun bo`lishgandi, ammo ularning xursandchiligi uzoqqa cho`zilmadi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

2016 yilning 18 avgust kuni dunyoga kelgan egizaklar haqida butun dunyo ahli xabardor bo`ldi. Chaqaloqlar 11 kunlik bo`lganda Brendi va Tommi ularning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Egizaklardan biri nimjon tug`ilgan edi. Ularning suratlarini tomosha qilgan odamlar kichkintoy Xokning tezroq tuzalishini istab, unga sog`lik tilashdi.

“Ular tug`ilganlaridan beri endi birga bo`lishdi. Meyson yana ukasi bilan birgaligini his qilib, qo`lchalaridan tutdi va tabassum qildi”, deb surat tagida izoh qoldirdi egizaklarning onasi.

Ming afsuski, egizaklarga birga voyaga etish nasib qilmagan ekan. Xok tug`ma diafragma churrasi bilan tug`ilgani bois, diafragmasi deformasiyaga uchrab, ichki a`zolari joyidan siljib ketgandi. Egazaklarning ota-onasi, yaqinlari va dunyo bo`yicha millionlab notanish odamlar Yaratgandan Xokning tuzalib ketishini so`rab, iltijo qilishdi.
Ming afsuslar bo`lsinkim, voqea fojiali yakun topdi, Xok vafot etdi. Ammo Brendi va Tommi ularni birga suratga tushirganidan afsuslanmadi, egizaklar surat bahona so`nggi bor bir-birlarining mehr-muhabbatidan bahramand bo`lishdi.
Просмотров (346)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar