Главная » Elena Isinbaeva Vladimir Putin bilan uchrashganda o`zini yig`idan to`xtatolmadi
(Langarcho`p bilan sakrash bo`yicha ikki karra olimpiada chempioni Elena Isinbaeva prezident Vladimir Putinning 27 iyul kuni Kremlda Rossiya olimpiada terma jamoasi bilan uchrashuvi vaqtida o`zini yig`idan to`xtatolmadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.



So`zga chiqqan Elena Isinbaeva Rioda o`tkaziladigan olimpiada ba`zi bir sportchilar uchun so`nggi musobaqa bo`lishini, shu jumladan rossiyalik engil atletikachilarning, tahlillari toza chiqqan sportchilarning ham, doping janjali tufayli musobaqadan chetlashtirilgani haqida eslatib o`tdi.

Isinbaeva Rioga jo`nayotgan Rossiya terma jamoasini chet ellik sportchilarga nimaga qodirliklarini ko`rsatishga chaqirdi. Rossiya olimpiada terma jamoasi Rio-de-Janeyrodagi olimpiadaga 28 iyul kuni Moskvaning “Sheremetevo” aeroportidan uchib ketishadi.
Просмотров (141)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar