Главная » Erkin Komilov o‘zi haqida nojo‘ya video tarqatganlarni sudga bermoqchi
(
O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov Telegram messenjerida o‘zining tor bir davrada aytgan nojo‘ya gaplari muhrlangan videoni tarqatganlarni topib, sudga bermoqchi. Bu haqda “Darakchi”ga tayanib, “1news.uz” xabar bermoqda.Shuningdek, aktyor videodagi qo‘pol so‘zni aytmaganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u ikki yil avval Sirdaryoga ketayotib, yo‘lda Samarqanddan qaytayotgan vodiylik er-xotinni ko‘rib qolgan va ular bilan hazillashgan.

So‘ng u Samarqandda mehmonga borib, bir davrada o‘sha hazilni hikoya qilib bergan. Aktyorning aytishicha, mazkur mutoyibani kimdir yozib olib, montaj qilgan va tarqatib yuborgan.
Просмотров (107)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar