Главная » Erning parchalanish sanasi ma`lum qilindi
(

Belgiyaning Lyoven katolik universiteti xodimi Leen Dechin shov-shuvli bayonot qildi, u Erning tahminiy halokati sanasini ma`lum qildi. Professorning fikrlariga ko`ra, Quyosh sayyoramizdagi barcha tirik mavudotlarni yulduz qizil gigantga aylanganida yo`q qiladi. Bu haqda Astronomy and Astrophysics xabar berdi.

Ma`lumki, yulduz turli darajadagi evrilish bosqichlarini o`taydi (sariq karlik, subgigant, qizil gigant va oq karlik). Erning tahminiy taqdirini aytib berish uchun, astronomlar L2 Puppis yulduzini kuzatishdi, u besh milliard yil avval Quyoshga yaqin massaga ega bo`lgan. Ayni damda ushbu ob`ektning yoshi 10 milliard. U qizil gigant sanaladi.

L2 Puppis Erdan 208 yorug`lik yili masofasida, bu sayyoramizga eng yaqin qizil gigant. Ushbu yulduz atrofida 300 million kilometr masofada sayyora aylanadi, uni kuzata turib, tadqiqotchilar Erning taqdirini bilishmoqchi bo`lishadi.

Olimlarning fikricha, Quyosh istalmagan holda qizil gigantga aylanadi, buning oqibatida Merkuriy va Venera yo`q bo`lib, Erdagi hayot yo`qoladi.

“Umuman olganda, biz hozir sayyoramizning aniq taqdirini aytib bera olmaymiz. U Quyoshning qizil gigantga aylanishini ko`tara oladimi, bu noma`lum. Shuningdek u o`qi bo`ylab aylanishni davom ettira olishini aniq ayta olmaymiz”, — deydi Leen Dechin.

Professorning so`zlariga ko`ra, Quyosh “terminal bosqichga” besh milliard yildan keyin tushadi.
Просмотров (563)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar