Главная » Eron va Xitoyga qarshi o‘yinlar oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov jarohat oldi
(

Rossiyaning “Krasnodar” klubida to‘p suradigan o‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov Yevropa Ligasi guruh bosqichining 2-turida jarohat olib, 59-daqiqada o‘z o‘rnini boshqa bir futbolchiga bo‘shatib berdi.
“Krasnodar” klubi bosh murabbiyi Igor Shalimov 29-daqiqada jarohatlangan Fyodor Smolov mushaklarini cho‘zib olgani haqida aytib, Odil Ahmedovning holatiga yaqin soatlar ichida oydinlik kiritilishini ma’lum qilgan. Katta ehtimol bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosida charchoq alomatlari bo‘lishi mumkin.

Kecha — 29-sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in boshlagan bo‘lib, bosh murabbiy Samvel Babayan 6-oktabrda Eronga va 11-oktabrda Xitoyga qarshi kechadigan o‘yinlar uchun Odil Ahmedovni ham jalb qilgan.
Просмотров (139)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar