Главная » Facebook’ning ayrim foydalanuvchilari sahifalarida ularning o‘lgani haqida eslatmalar paydo bo‘ldi
(

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi adashuv ayrim foydalanuvchilar sahifalarida ularning o‘lgani haqida eslatmalar paydo bo‘lishiga olib keldi.
“Bu o‘ta xunuk xato bo‘ldi va biz uni o‘ngladik. Yuz bergan holatdan chuqur afsusdamiz”, — deya uzr so‘radi kompaniya matbuot kotibi.

Abadiylashtirilgan profillar uchun mo‘ljallangan eslatma hatto Facebook rahbari Mark Sukerbergning sahifasida ham paydo bo‘ldi. Sahifa yuqorisida quyidagi so‘zlar joylashtirildi: “Biz Markni sevgan insonlar uning hayotini yodga olish va nishonlash uchun o‘zgalar bo‘lishadigan narsalardan taskin topadi deb umid qilamiz”.

Ma’lumot uchun, Facebook’dagi sahifasini abadiylashtirish imkoniyati foydalanuvchilarda 2015-yilda paydo bo‘lgandi.
Просмотров (68)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar