Главная » Farg'onada harbiy vertolyot qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok bo'ldi
(

2016 yilning 18 oktabr kuni Farg'ona viloyati hududida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertolyoti halokatga uchradi. Halokat oqibatida 3 ekipaj a`zosi va vertolyotda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 6 harbiy xizmatchisi halok bo'ldi. Vazirlik matbuot xizmatining ma`lumot berishicha, aviahalokat sabablarini tekshirish bo'yicha maxsus komissiya tashkil etilgan. O'zbekiston rahbariyati halok bo'lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Просмотров (148)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar