Главная » Farhod Alimov oila mustahkamligini ta`minlovchi jihatlar haqida gapirdi
(

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning turmush o`rtog`i, boshlovchi Farhod Alimov jurnalist Baxtiyor To`raxonovning “19:09” ko`rsatuvida mehmon bo`ldi.

Suhbat davomida Farhod Alimov oila mustahkamligida e`tiborli jihatlar haqida gapirdi:

“Oila mustahkam bo`lishi to`yning qanday o`tishiga bog`liq emas. Dabdali to`y baxt garovi emas. Oilaviy baxt ikki yoshning o`ziga bog`liq. Turmush qurishdan avval siz bir-biringizni sevishingizni aniqlab olishingiz kerak. Shundan so`nggina to`yga taraddud ko`rish mumkin. Ba`zan hayotda shunday bo`ladiki, shoshilinchda turmush qurishadi, to`y qilishadi. Oradan bir yil o`tgach esa, bir-biriga to`g`ri kelmaganini tushunib etadi. Shuncha tayyorgarlik, tashvishlar nimaga kerak edi? Shuning uchun hammasi ikki insonning o`ziga bog`liq. Men ikki inson o`rtasida muhabbat bo`lishi kerak, deb hisoblayman”,—deydi Farhod Alimov.
Просмотров (60)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar