Главная » Farhod Alimov: Rayhon bilan dardimiz bir
(

Xonanda Rayhon G‘aniyevaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i deya aytilayotgan taniqli boshlovchi Farhod Alimov birinchi turmushi va Rayhon bilan qanday munosabatda ekani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda u “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Men, biz haqimizda, xususan to‘yimiz bo‘layotgani haqida yozilgan maqolalarda: ‘Farhod uylangan yigit-ku’, degan fikrlarni ham o‘qidim. Men ajrashganman”, — dedi Farhod Alimov.

“Bir necha yillik turmushdan so‘ng, sobiq rafiqam bilan bir-birimizga to‘g‘ri kelmasligimizni tushunib yetdik. Farzandlarim bilan haftada 2—3 bor ko‘rishib turamiz. Ajrashgan bo‘lsak-da, sobiq rafiqam bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolganmiz”, — deya qo‘shimcha qildi taniqli boshlovchi.

“Biz Rayhon bilan hozircha shunchaki do‘stona munosabatdamiz. Bir-birimizni 20 yildan beri taniymiz, yaqin do‘stlarmiz. Ayni vaqtda, bizning dardimiz bir. Rayhon bilan munosabatlarimiz haqida biror fikr aytishga hali erta. Hozircha hamma narsa muhokamada”, — deya qo‘shimcha qildi Farhod Alimov.
Просмотров (298)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar