Главная » Farhod Alimov va Rayhon G‘aniyeva qachon Dubayga jo‘nab ketishi ma’lum bo‘ldi
(

Xabaringiz bor, 5 noyabr kuni boshlovchi Farhod Alimov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning to‘ylari munosabati bilan Amru-ma’ruf dasturxoni yozildi. Bir necha kun avval esa e’tiboringizga Farhod Alimov va Rayhon G‘aniyevaning asal oylari BAAning Dubay shahrida o‘tishi haqidagi ma’lumotni taqdim etgan edik. Aytish lozimki, ularning nikoh to‘ylari haqidagi bahs-munozaralar hamon davom etmoqda.

Ishonchi manbalarimizning xabar berishlaricha, juftlik haqiqatan ham 13 noyabr kuni asal oyini o‘tkazish uchun Dubayga jo‘nab ketmoqda.

To‘y masalasiga kelsak, ular to‘y va nikoh o‘qitish marosimlarini tor doirada o‘tkazgan ko‘rinishadi. Biroz vaqt o‘tib, bu haqdagi ma’lumotlar ham paydo bo‘lsa, ajabmas.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani haqida 2015 yilning yanvar oyida rasman xabar qilgandi. Ularning Islom va Imron ismli egizak o‘g‘illari bor.

Farhod Alimov ham 2016 yilning may oyida rafiqasi bilan 8 yillik turmushdan so‘ng ajrashgan. Ularning Bernara, Umar va Latifa ismli uch farzandi bor.
Просмотров (119)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar