Главная » Fazliddin G‘oibnazarov Rio—2016 Olimpiadasining finalida jang qiladigan beshinchi o‘zbekistonlik
(O‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov Rio—2016 Olimpiadasining yarim finalida rossiyalik Vitaliy Dunaysevga qarshi ringga ko‘tarildi.



Yarim finalga qadar kongolik Malonga dzalamou, hindistonlik Manoj Kumar, amerikalik Geri Rassell kabi bokschilardan ustun kelgan Fazliddin G‘oibnazarov, final ostonasida Vitaliy Dunaysev bilan dastlabki ikki raundda 1 tadan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi raundda raqibidan faolroq bo‘lgan Fazliddin final chiptasiga ega chiqdi.

64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi turnir finali 21-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda G‘oibnazarov Rio oltin medali uchun kurash olib boradi.
Просмотров (214)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar