Главная » “Fazliddin, uring-u, g‘oyib bo‘lib qoling! Shahram — kayfiyatingni tushirma, men yoningdaman!”. Shukrullo Isroilovdan o‘zbek bokschilariga m
(“Fazliddin, uring-u, g‘oyib bo‘lib qoling! Shahram — kayfiyatingni tushirma, men yoningdaman!”. Shukrullo Isroilovdan o‘zbek bokschilariga madad



Taniqli so‘z ustasi Shukrullo Isroilov Rio—2016 Olimpiadasining boks musobaqalarini diqqat bilan kuzatib bormoqda — buni uning o‘zbek bokschilariga Instagram orqali qilayotgan videomurojaatlaridan ham sezish mumkin.

hukrullo Isroilov asosan ikki bokschiga — O‘zbekiston olimpiya delegatsiyasi bayroqdori Bahodir Jalolov va Fazliddin G‘oyibnazarovga murojaat qilgan edi.
Shukrullo Isroilov o‘zining uchinchi videomurojaatini esa final jangida mag‘lub bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosovga bag‘ishladi: “Shu yigit oltin medalni olishi kerak edi, lekin kumush ham yomon emas. Shahram, kayfiyatni tushirma! Keyingi Olimpiadada albatta oltinni olasan. Men yoningdaman!”.
E’tiborli tomoni, videomurojaatlari ortidan Shukrullo Isroilov Instagram tarmog‘ida o‘zining rasmiy — @shukurullo_isroilovoriginal sahifasini ochdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya termasi bayroqdori Bahodir Jalolov boks musobaqalarining chorak finalida kurashdan chiqdi, Shahram G‘iyosov esa final jangida mag‘lub bo‘ldi. Fazliddin G‘oyibnazarov va Shahobiddin Zoirov esa 19-avgust kuni yarim final janglarini o‘tkazadi.
Просмотров (296)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar