Главная » Fidel Kastro vafot etdi
(

Kuba inqilobi etakchisi Fidel Kastro 90 yoshida vafot etdi. Uning vafoti to`g`risida Kuba televideniesi rasmiy xabar berdi.

1926 yil 13 avgustda tug`ilgan Fidel Kastro — Kuba inqilobchisi, davlat va siyosat arbobi. 1976 yil dekabridan bir necha o`n yillik mobaynida Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashiga raislik qildi, Inqilobiy qurolli kuchlar bosh qo`mondoni va mamlakat Milliy mudofaa kengashi raisi ham edi.

Salomatligi og`irlashgani munosabati bilan 2006 yilning 31 iyulidan Fidel Kastro Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisligi lavozimlarini ukasi Raul Kastroga topshirdi.
Просмотров (91)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar