Главная » Finlyandiya maktablari 2020 yilgacha barcha fanlardan to`liq voz kechadi
(

Finlyandiyada dunyodagi ta`lim tizimi eng yaxshi hisoblanuvchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ta`lim sifatini baholash reytinglarida mazkur mamlakat eng nufuzli o`ntalikka kiradi. Biroq mahalliy hukumat vakillari tizimdagi erishilgan yutuqlar bilan cheklanibgina qolmay, maktab dasturi haqiqiy revolyusiya qilmoqchi, deb yozadi “Adme” nashri.

Mansabdorlar maktab darsliklaridan voz kechmoqchi. Endi maktablarda fizika, matematika, adabiyot, tarix hamda geografiya kabi fanlar o`qitilmaydi.

Xelsinki ta`lim departamenti rahbari Maro Killonen kutilayotgan o`zgarishlarni quyidagicha izohlaydi:

“1900-yillarda urfda bo`lgan usullar hozirgi kundagi maktablarga to`g`ri kelmaydi. Hozirgi talablar o`zgardi va biz XXI asrga to`g`ri keladigan nimadir o`ylab topishimiz kerak”.

Alohida fanlar o`rniga o`quvchilar xalqaro maydonda sodir bo`layotgan hodisa va jarayonlarni o`rganadi. Misol uchun Ikkinchi jahon urushi tarix, matematika va geografiya nuqtai nazaridan o`rganiladi. “Kafedagi ish” kursini o`rganish mobaynida esa o`quvchilar ingliz tili, iqtisodiyot va kommunikasiya sohasidagi bilimlarni boyitishlari mumkin.

Bunday tizim maktabning 16 yoshdan katta bo`lgan yuqori sinf o`quvchilari uchun tatbiq etiladi.

Rejaga ko`ra, qaysi fanni o`qish o`quvchining ixtiyoriga havola etiladi. Shunday qilib o`smir kelajakda o`zi davom ettiradigan sohasiga tegishli bo`lgan fanni o`qish imkonini qo`lga kiritadi. Ular fizika yoki kimyo kursini to`liq tugatishi shart bo`lmaydi.

Shuningdek o`qitishning an`anaviy usli va o`qituvchi-o`quvchi tushunchalari ham yo`qoladi. O`quvchi partada o`tirib, o`quvchi uni qachon doskaga chiqarishini kutishiga ehtiyoj qolmaydi. Buning o`rniga o`quvchilar o`qituvchilar bilan birgalikda ish olib boradi, muammolar birgalikda muhokama qilinadi.

Ta`lim tizimidagi o`zgarishlar 2020-yilgacha to`liq amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Просмотров (164)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar