Главная » Floyd Meyvezer o‘zini Muhammad Alidan ham buyukroq ekani haqida aytdi
(

Beshta vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bokschi Floyd Meyvezer ESPN telekanali jurnalistining Muhammad Ali boks tarixidagi eng buyuk kishi degan fikriga qo‘shilmadi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
Bokschini qaysi mezonlar asosida baholaymiz? Shaxsiy fikrlarimizni ilgari sursak, to‘g‘ri, Ali tengsiz. Lekin biz kamroq zarba o‘tkazib yuborish va rekordlar o‘rnatish borasida bahslashsak, u holda Floyd Meyvezer eng yaxshi.

Floyd Meyvezer, boks ustasi

Floyd Meyvezer suhbat davomida Muhammad Alini yaxshi ko‘rishini tan olgan, shu bilan birga o‘zining undan yaxshiroq qirralari so‘zlashga harakat qilgan.

Muhammad Ali — afsona. Mening ayni vaqtda shu yerda turishimga ibtidoni aynan u qo‘yib bergan. Biroq gap rekordlar va janglar haqida ketganida ko‘pchilik Alining 7 tagina g‘alabasi bo‘lgan bokschidan mag‘lub bo‘lganini unutib qo‘yadi.

Men Ali qarshisida shlyapamni yechaman. Biroq boksda mendan ham zo‘ri bor deyish uchun unga 40 yilimni bag‘ishlamaganman.

Floyd Meyvezer, boks ustasi

Gap bunda Muhammad Alining raqibi Leon Spinks haqida borgan. Ali bilan jangga qadar Spinks sakkiz bor ringga chiqqan bo‘lib, shularning yettitasida zafar quchgan va bittasida durang qayd etgandi. 1978-yil Spinks chempionlik kamari uchun jangda Muhammad Alini taslim qilgan. Unutmaslik kerak, Ali tez orada revansh jangini o‘tkazib, raqibidan kamarni tortib olgandi.

Boks mazmuni iloji boricha ko‘proq zarba berib, kamroq zarba o‘tkazib yuborishdir. Men karyerarimni munosib yakunladim va o‘tkazgan 49 ta jangimning barchasida zafar quchdim. Faoliyatim yakunida sog‘ligimda muammo yo‘q edi, yaxshigina pul jamg‘argandim. Bu menga bolalarimni o‘qitish, yosh bokschilarga bilimlarimni ulashish imkonini berardi.

Floyd Meyvezer, boks ustasi

Floyd Meyvezer eng asosiy jangi sifatida Menni Pakyao bilan jangini e’tirof etgan. Filippinlik bokschiga qarshi jang haqida esa juda qisqa gapirgan: “Men qandaydir 40 daqiqa ichida 300 million dollarni qo‘lga kiritgandim”.
Просмотров (140)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar