Главная » Forbes 2016-yilda eng ko‘p daromad olgan qo‘shiqchi ayollar reytingini tuzdi
(

Amerikaning Forbes jurnali dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi qo‘shiqchi ayollari an’anaviy reytingini e’lon qildi.
Birinchi pog‘onada 2016-yilda 170 million dollar ishlab topgan amerikalik Teylor Svift joylashdi. Daromadining katta qismini unga 2015-yilda boshlangan “1989” konsert turi va reklamalardagi ishtiroki keltirdi.

Ikkinchi o‘rinni britaniyalik Adel egalladi, yil yakunlariga ko‘ra, uning daromadi 80,5 million dollarga teng bo‘ldi. U “25” albomining sotuvidan va konsert faoliyatidan eng ko‘p pul ishlab oldi.

AQShlik qo‘shiqchi Madonna esa 76,5 million dollar bilan uchinchi pog‘onani band etdi. Ushbu daromadning katta qismi Rebel Heart gastrol turi orqasidan keldi. Ta’kidlash joiz, 2013-yilda u ushbu reytingda yetakchilik qilgan edi.

Yuqori o‘nlikka, shuningdek, Rianna (75 million dollar), Beyonse (54 million dollar), Keti Perri (41 million dollar), Jennifer Lopes (39,5 million dollar), Britni Spirs (30,5 million dollar), Shanayya Tveyn (27,5 million dollar) va Selin Dion (27 million dollar) kirdi.
Просмотров (174)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar