Главная » Foto: Karnaychi — Obid Asomov, nog‘orachi o‘rnida — Shukrullo Isroilov
(

Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Instagram’dagi sahifasida o‘zining karnay ushlab turgani, boshqa bir qiziqchi Shukrullo Isroilov esa nog‘ora chalayotgani tasvirlangan suratni e’lon qildi.

“Kecha unutilmas kun bo‘ldi. Qo‘shaloq bayram! Tug‘ilgan bir yoqdayu, asosiysi — Sobit akamni kenja o‘g‘li Abbosxonni uylantirdik. Karnay-surnayni begona qilmadik: o‘zimizdan chiqdi!”, — deb yozdi Obid Asomov Instagram’dagi sahifasida.

Obid Asomov to‘y haqida shunday deb yozdi: “Juda go‘zal, unutilmas to‘y bo‘ldi. San’atkor do‘stlarimga, hamma-hammalariga beminnat xizmatlari uchun o‘zim nomimdan, Asomovlar sulolasi nomidan alohida rahmat! Abbosxon, Lobarxon, baxtli bo‘linglar!”.

22-oktabr kuni Obid Asomov 54 yoshga to‘lgan edi.
Просмотров (159)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar