Главная » Foto: Toshkentning ba’zi ko‘chalarida katta tirbandliklar yuzaga keldi
(Ta’mirlash va qurilish ishlari sabab Shota Rustaveli, Muqimiy va Nurafshon ko‘chalarining ba’zi nuqtalarida 22-avgustga qadar transport vositalari harakati cheklangani yoki to‘xtatilgani sabab, mazkur nuqtalarni aylanib o‘tish imkonini beruvchi boshqa ko‘chalarda katta tirbandliklar yuzaga keldi.



Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” va “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhlarida qoldirilgan xabarlarga ko‘ra, Kichik halqa yo‘lining Boshliq, Qushbegi dahalaridan o‘tgan qismida katta tirbandliklar yuzaga kelgan.
“Chilonzorga yetib olish vaqtincha mushkul ishga aylanib qoldi”, — deydi foydalanuvchilardan biri. “Ba’zi hovliqma haydovchilarning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketishi esa vaziyatni yanada chigallashtirmoqda”, — deb qo‘shimcha qilgan guruhning boshqa bir a’zosi.
Avvalroq Toshkent shahar hokimligi Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlari 22-avgustda yakuniga yetishi haqida xabar berib, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun shahar aholisidan uzr so‘ragan edi.
Просмотров (110)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar