Главная » Futbol bo'yicha Qrim terma jamoasi tuzildi
(

18 noyabr kuni Qrim futbol ittifoqi bosh ofisida tashkilot yig'ilishi o'tkazildi va unda futbol bo'yicha Qrim Respublikasi terma jamoasi tuzilgani e`lon qilindi. Shuningdek, murabbiylar shtabi tuzish haqida qaror qabul qilingan.Qrim terma jamoasiga Valeriy Petrov bosh murabbiy bo'ldi, unga Sergey Dranov yordamchilik qiladi. Terma jamoa tarkibi 30 kishidan iborat: 24 futbolchi va jamoa xodimlari. Qrim terma jamoasining ilk o'quv-mashg'ulotlari 2-10 dekabr kunlari davomida Yevpatoriyadagi «Arena-Qrim» sport majmuasida o'tkaziladi.Taqdimot marosimi 9 dekabr kuni Sevastopolda I Qrim futbol forumi doirasida bo'lib o'tadi.Qrimda ilk chempionat 2015 yilning 22 avgustidan 2016 yil iyuliga qadar o'tkazildi va unda 8 jamoa ishtirok etib, yakunda "TSK Tavriya" jamoasi g'olib chiqdi.
Просмотров (53)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar