Главная » Futbol murabbiyi jamoaning omadsizligida xonanda Beyonseni aybladi
(

Angliya chempionati 5-turida “Sanderlend” jamoasi safarda “Tottenxem” jamoasi mehmoni bo`lib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va mavsumdagi to`rtinchi mag`lubiyatini qabul qildi.

iSport internet-nashrining xabar berishicha, “Sanderlend” bosh murabbiyi Devid Moyesning fikriga ko`ra, jamoaning muvaffqiyatsizligiga xonanda Beyonse aybdor. Amerikalik xonanda Angliya chempionati start olishidan avval klubga tegishdi “Stedium of Layt” stadionida konsert dasturi bergan, “Sanderlend” futbolchilari esa mavsumga yaxshi tayyorlana olmagan.

Moyesning fikricha, aynan shu sababli ham uning shogirdlari g`alabalarga erisha olmayapti. Bundan tashqari, shotlandiyalik mutaxassis mavsum taqvimidan ham norozilik bildirdi. “Sanderlend” dastlabki beshta turdan atigi ikkitasini o`z maydonida o`tkazdi.

Ma`lumot uchun, ayni damda “qora mushuklar” 1 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog`onasida bormoqda.
Просмотров (54)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar