Главная » FVV havo harorati pasayishi munosabati bilan ehtiyot choralarini tavsiya etmoqda
(

O‘zbekiston FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi respublika hududida havo haroratining keskin pasayishi, ko‘p miqdorda qor yog‘ishi va yo‘llarda yaxmalaklar hosil bo‘lishi munosabati bilan quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

Xonadonlarni isitishda pechlar va boshqa isitish uskunalarining sozligiga e’tibor qaratish;
Mo‘rikonlarni tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilishini qat’iy nazoratga olish;
Gaz plitalardan xonani isitish maqsadida foydalanmaslik;
Ko‘chaga chiqqanda mavsumga mos ravishda kiyinish;
Yaxmalak hosil bo‘lgan yo‘laklar va hududlardan imkon qadar harakatlanmaslik choralarini ko‘rish;
Yo‘llarda avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyot choralarini ko‘rish;
Bino va inshootlar tom va tarnov qismlarida sumalak hosil bo‘ladigan joylardan ehtiyot bo‘lish.
Просмотров (275)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar