Главная » Gaitida “Mettyu” dovuli qurbonlari soni 877 kishiga etdi
(

Gaitida “Mettyu” dovuli qurbonlari soni 877 nafarga etdi. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan jasadlar topishda davom etishmoqda. Tabiiy ofat oqibatida 1,5 million kishi aziyat chekkan. 350 ming aholi gumanitar yordamga muhtoj. Respublikada BMT va Qizil Hoj mutaxassilari ishlashmoqda, ular vaqtincha lagerlarga dorilar va ichimlik suvi etkazishmoqda. Dovul oqibatida sodir bo`lgan suv toshqini minglab uylarni suv ostida qoldirdi.

AQShga esa dovul endi etib bormoqda. U Florida shtati sohillariga etdi. Hozirda to`rt kishi halok bo`lgani ma`lum. Million aholi chiroqsiz qoldi. Ikki million kishi o`z uyini tark etgan.

“Mettyu”ning kelishidan oldin shtatlarning janubi-sharqida 5 ming aviareys bekor qilindi. Floridadagi Mayami, Orlando va Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportlarining shtat jadvali buzildi. So`nggi 10 yilda birinchi marta Disney World ko`ngilochar bog`i yopildi.

Hozirda “Mettyu” kuchini yo`qotmoqda. Shamol kuchi soniyasiga 50 metrgacha pastladi.
Просмотров (48)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar