Главная » Gulchehra Eshonqulova o‘g‘liga Istanbuldagi Sulton Ahmad masjidida azon o‘qitdi
(Ayni damda turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov bilan Turkiyaning Istanbul shahrida yashayotgan Gulchehra Eshonqulova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali shaxsiy hayotidagi yangilik bilan bo‘lishdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.



Hammaga shirin tabriklar uchun katta rahmat. Yana bir shirin, baxtli kunlarimizdan birini sizlar bilan bo‘lishmoqchimiz…

Bugun hayotim, turmush o‘rtog‘im bilan niyat qilib qo‘ygan yana bir shirin maqsadimizga erishdik. Shirintoy arslonimiz, ko‘zimizning nuri o‘g‘limizga Turkiyaning Istanbul shahridagi tarixiy va eng go‘zal Sulton Ahmad jome’ masjidida azon o‘qitdik”, — deb yozdi aktrisa Instagram’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Gulchehra bilan Sharof Sharapov 15-iyul kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi.
Просмотров (143)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar