Главная » Gvardiola Manchester derbisia Mourinodan ustun keldi
(Angliya chempionati 4-turi markaziy o`yinida “Manchester Yunayted” jamoasi o`z maydonida “Manchester Siti” futbolchilarini qabul qildi.



Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o`yinda 1:2 hisobi qayd etilib, Pep Gvardiola shogirdlari bo`lmish “Siti” foydasiga hal bo`ldi.

O`yinning 15-daqiqasida Kevin De Bryuyne hisobni ochgan bo`lsa, 36-daqiqada Kelechi Ixeanacho hisobni oshirdi. Birinchi bo`lim yakuniga etay deb qolganida Zlatan Ibragimovich hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi – 1:2.

Ikkinchi bo`limda hisob o`zgarmadi va Joze Mourino jamoasimavsumdagi ilk mag`lubiyatni qabul qilib oldi.
Просмотров (147)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar