Главная » Hayotiy maqsadni yettita savol yordamida aniqlash mumkin
(

1. Nima bilan shug‘ullanishni yoqtirasiz? Sizning maqsadingiz nimani sevishingiz bilan chambarchas bog‘liq. Aniq maqsadga intiluvchi insonlar sevimli ishlari bilan shug‘ullanishadi: Bill Geytsga kompyuterlar yoqadi, Opra Uinfri odamlarga yordam berishni istaydi, Edison yangi bir narsani kashf etishni afzal bildi. Nima sizga yoqadi? Balki o‘qish, asarlar yozish, sport bilan shug‘ullanish, kuylash, chizish yoki taom tayyorlashni sevarsiz? Balki biznes, savdo, muloqot, qandaydir buyumni ta’mirlash ko‘nglingizga yoqar? Yoki insonlarni tinglashni qoyillatarsiz? Har qanday holatda ham, hayotiy maqsadingiz sevimli ishingiz bilan bog‘liq bo‘ladi.

2. Bo‘sh vaqtingizda nima bilan shug‘ullanasiz? Bo‘sh vaqtdagi mashg‘ulotingiz hayotiy maqsadingizni belgilashga yordam beradi. Agar surat chizish jonu dilingiz bo‘lsa, demak “rassomchilik” qanday yo‘nalishda harakat qilishingiz kerakligining o‘ziga xos belgisidir. Shu tariqa istagan sevimli mashg‘ulot va ishqivozlik to‘g‘risida, xoh u taom tayyorlash, kuylash yoki muzokaralar bo‘lsin shu tariqa gapirish mumkin. Bu belgilarni qanday baholash kerak? Misol uchun, kimgadir o‘qish va barcha yangi narsalarni o‘rganish juda ham yoqadi, demak uning hayotiy maqsadi ehtimol ta’lim berish bo‘lishi mumkin. Albatta bo‘sh vaqtingizda nima ish bilan shug‘ullanishingiz yoki nima qilishni istashingiz haqida o‘ylang.

3. Nimaga e’tibor berasiz? Sotuvchi mahsulotga talab bo‘lish yoki bo‘lmasligini osonlik bilan aniqlaydi; sartarosh albatta kishining tashqi qiyofasiga e’tibor bilan qaraydi; dizayner beo‘xshov va didsiz kiyimni darrovda payqaydi. Chilangar mashinaning ovozi bo‘yicha undagi kamchiliklarni bartaraf etishi mumkin. Siz nimaga e’tibor qaratasiz? Sizni nima g‘azablantiradi? Barcha javoblaringiz hayotiy maqsadingizni aniqlashda yordam beradigan belgilar bo‘ladi.

4. Sizga nimani bilib olish yoqadi va nimani o‘rganishni afzal deb bilasiz? Qanday kitoblar va jurnallar o‘qishni yoqtirasiz? Balki sizga biznes, pazandalik yoki baliq ovlash haqida kitoblar qiziqdir? Har qanday holatda ham siz afzal ko‘rgan narsangizni hayotingizdagi qaysi muammoni hal qilishingizga ishora qilgan holda baholay olishingiz kerak. Agar kutubxona yaratganingizda u uchun qanday kitoblarni tanlagan bo‘lardingiz? Ehtimol sizga o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha kitoblar ko‘nglingizga yaqindir?

5. Sizdagi ijod bilan shug‘ullanish istagini nima uyg‘otadi? Balki, siz uchun savdo jarayoni – butun bir san’atdir? Yoki jurnalda yangi va ajoyib taomlar reseptlarini ko‘rib, darhol pishirishni boshlashni istaysizmi? Boshdan o‘tkazilgan qandaydir vaziyat chiroyli kartina chizishingizga turtki berishi mumkindir? Sizni oldinga harakat qilishga majbur etadigan narsa haqida o‘ylang.

6. Boshqa insonlardagi qaysi jihatlar sizga yoqadi? Pazandaligingizni munosib ravishda baholaydigan “ixlosmandlaringiz” bormi? Agar taomlaringiz hech kimga yoqmasa, bosh oshpaz bo‘la olmaysiz. Yoki ayrimlar qo‘shiq kuylashingiz, raqs tushish mahoratingizga tahsin etishadimi? Ehtimol, yozuvchilik yoki sotuvchilik qobiliyatingiz kimnidir maftun qilgandir? Har birimizda boshqa odamlarga yoqadigan qobiliyat bo‘ladi.

7. Agar avvaldan muvaffaqiyatga erishishni bilganingizda, nima bilan shug‘ullangan bo‘lardingiz? Kimdir shaxsiy salon ochardi, boshqa bir odam musiqiy loyiha, masalan “Yulduzlar fabrikasi”da omadini sinab ko‘rardi, yana kimdirni esa do‘kon egasi bo‘lish istagi jalb qilardi. Har qanday javobingiz hayotiy maqsadingizni qidirish uchun yana bir belgi bo‘ladi.
Просмотров (117)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar