Главная » Hindiston kompaniyalari xodimlariga kinopremyeraga tushish uchun vaqt ajratadi
(Hindistonning bir nechta kompaniyasi xodimlariga bosh rolni Rajnikant ijro etgan yangi “Kabali” filmini ko‘rishlari uchun bo‘sh vaqt taqdim etishga qaror qildi. Film Hindistonda joriy yildagi eng kutilayotgan kartinalardan biridir, deb xabar beradi “Interfaks”.



Kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, 22-iyul, juma — premyera kuni ko‘pchilik baribir ishga kelmaydi va filmga tushadi, shu bois kompaniyalar rahbarlari buni rasmiylashtirishga qaror qildi.

Rajnikantning Chennai shahrida istiqomat qiluvchi muxlislari 22-iyulni yangi film premyerasi munosabati bilan rasman dam olish kuni deb belgilashni so‘rab onlayn-petitsiya chop etgan edi.

Rajnikant asosan Kollivudda — tamil tilidagi filmlarda suratga tushadi. O‘ziga xos ijrosi tufayli ulkan shuhrat qozongan Rajnikant 2007-yilda Osiyoning Jeki Chandan keyingi eng qimmat aktyori deb topilgan edi.
Просмотров (107)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar