Главная » Hindistonda Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashuvdan keyingi tiqilinchda muxlislardan biri halok bo‘ldi
(

Hindistonda “Bollivud qiroli” nomiga savozor bo‘lgan Shohrux Xon bilan uchrashuvdan so‘ng yuzaga kelgan tiqilinchda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 24-yanvar, seshanba kuni The Indian Express ma’lum qildi.
Aktyor bosh rolni ijro etgan “Boy” filmi reklama turi doirasida Gujorat shtatining Vadodara shahriga tashrif buyurdi. Muxlislar bilan uchrashuv vokzalda bo‘lib o‘tdi. Shohrux Xon poyezdda keldi va undan tushmasdan, vagon eshiklaridan dastxatlar tarqatdi.

Aktyor poyezdda jo‘nab ketgandan keyin uning muxlislaridan iborat olomon chiqish tomonga qarab harakatlandi. Oqibatda yuzaga kelgan tiqilinchda bir kishi — Farid Xon Patxan nafasi qaytib halok bo‘ldi. U vokzalga rafiqasi va qizi bilan kelgan edi. Nashrning ma’lum qilishicha, u “Bollivud qiroli”ning ashaddiy muxlisi bo‘lgan.

Aktyor halok bo‘lgan erkakning oilasiga hamdardlik bildirdi.
Просмотров (265)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar