Главная » Hindistonda ko'prik qulashi oqibatida 22 kishi izsiz yo'qoldi
(Hindistondagi Mumbaiy-Goa shossesidagi ko'prikning qulashi oqibatida izsiz yo'qolganlar soni 22 nafarni tashkil qilmoqda. Bu hodisaga sabab kuchli jala bo'lgan. Bu haqda NDTV telekanali habar bermoqda.



VoYeqa guvohlarining ma`lum qilishicha, fojia Hindiston g'arbidagi Mahad shahrida ro'y bergan. Kuchli musson yomg'irlari sabab Savitri daryosidagi eski ko'prikning sektsiyalari buzilib ketgan. Aynan shu paytda ko'prikda bir necha avtomobil' va ikkita yo'lovchi avtobusi bo'lgan.Guvohlarning so'zlariga ko'ra, kuchli oqim sabab yo'lovchilarni qutqarish qiyinlashgan. OAVning qayd etishicha, izsiz yo'qolganlar soni oshishi mumkin.
Просмотров (94)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar