Главная » Hindistonda to`rt oyoqli chaqaloq tug`ildi
(

Hindistonning Karnataka shtati Bellari shahrida to`rt oyoqli o`g`il bola dunyoga keldi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Bolaning ota-onasi uni “Xudoning sovg`asi” deb atamoqda va chaqaloqqa o`zlari g`amxo`rlik qilishlarini ma`lum qilishgan.

Chaqaloqning mutasiyaga uchrashi sabablari noma`lum. Chaqaloqning onasi uch yoshli sog`lom o`g`il farzandni tarbiyalamoqda.

23 yoshli Lalitammaning so`zlariga ko`ra, u farzandini uyiga olib ketmoqchi bo`lgan, biroq shifokorlar uni qayta tekshiruvdan o`tkazish uchun boshqa shifoxonaga olib ketishgan.

Ayolning oilasi nochor hayot kechiradi, unda bolani qo`shimcha tekshiruvlardan o`tkazish uchun mablag` yo`q. Shifokorlar to`rt oyoqli chaqaloqning ahvoli qoniqarli ekanligini ma`lum qilgan.
Просмотров (1270)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar