Главная » Hindistonlik fuqaroning oshqozonidan 40 ta pichoq olindi
(Hindistonning Panjob shtatidagi Gurdaspur shahridagi kasalxonalardan birida operasiya o`tkazgan jarrohlar bemor erkakning qornidan 40 ta pichoqni chiqarib oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.



42 yoshli nomi oshkor etilmagan erkak qornidagi og`riqdan, behollikdan arz qilgani uchun kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxona bosh vrachi doktor Jitindera Malxotra (Jitinder Malhotra)ning ma`lumot berishicha, bemor UTT tekshiruviga yuborilgan. UTT bemorning oshqozonida noma`lum “qattiq jism” borligini ko`rsatgan.

Bemor so`nggi ikki oy mobaynida ta`mi yoqib qolgani uchun oshxona anjomlarini yutganini tan oldi. Uning bu gapidan keyin zudlik bilan jarrohlik operasiyasi o`tkazildi. Hozirda bemor o`zini yaxshi his qilmoqda, unga yaqin kunlarda uyiga javob beriladi.

Malxotra, 20 yillik vrachlik ish tajribasi davomida ilk marotaba bunday dahshatli manzaraga guvoh bo`lganligini ma`lum qildi.
Просмотров (150)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar