Главная » Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining e`tiborini tortgan yo'ldagi “ko'pik”lar nima edi?
(“Feysbuk” ijtimoiy tarmog'idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan biri Toshkent shahridagi Nukus va Oybek ko'chalari chorrahasining yuqoridan olingan, yomg'ir yog'ayotgan vaqtdagi suratlarini e`lon qildi. Suratlarda yo'ldagi asfal'tga oq narsa oqib chiqqanining guvohi bo'lish mumkin.Ba`zi foydalanuvchilar bu holatga “yangi yo'l chiziqlari, chizilganidan hech qancha o'tmay, o'chib ketishni boshladi”, singari izoh qoldirishgan.



Boshqa foydalanuvchilar esa, bu ifloslik va chang aralashmasidan iborat ko'pik ekanini qayd etishgan. Qoldirilgan fikrlar ichida avtomobillarning g'ildiragi iflosligi sabab shunday ko'piklar paydo bo'lgani, yo'lning chang ekani sababligi qabilidagi izohlarga guvoh bo'lish mumkin.Savol muallifining qayd etishicha, ertasi kuni ertalab yo'llar yuvilib, ko'piklardan tozalangan, yangi chizilgan yo'l chiziqlari esa joyida qolgan — yomg'ir ularga ta`sir ko'rsata olmagan.
Просмотров (114)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar