Главная » Insonning qaysi a`zosi boshqalariga qaraganda tezroq qarishi ma`lum bo`ldi
(

London universiteti olimlari inson organizmidagi qaysi organ tezroq qarishi yuzasidan bir qator tekshiruvlar o`tkazishdi, deb yozadi “Yangiliklar federal agentligi”.

Olimlar 575 ming kishining salomatlik holatini o`rganishdi. Ma`lum bo`lishicha, ayrim hollarda 45 yoshli kishilarning yuragi 60 yoshlilarnikidek ishlagan. Olimlarning aytishicha, bunday hollarda nosog`lom yurak turli kasalliklarga chalinishga moyil bo`ladi va uning egasi bevaqt hayotdan ko`z yumishi mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, Buyuk Britaniyada yashovchi fuqarolarning ha ettitasining yuragi boshqa organlariga qaraganda 10 yoshga “qariroq” ekan. Bu mamlakat aholisining har 14-da esa yurak 15 yoshga “qariroq”ligi aniqlandi.

Mutaxasislarning aytishicha, so`nggi paytlarda qondagi xolesterin miqdorining oshishi, diabet va gipertoniya alomatlari yurak uchun xavf solmoqda.
Просмотров (192)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar