Главная » Internetda Motorola’ning yangi smartfoni surati paydo bo‘ldi
(

AQShning Skinomi savdo tarmog‘i Motorola’ning yangi smartfoni suratini rasmiy taqdimotga qadar e’lon qilib qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Fotosuratda Motorola Moto M qurilmasining old panelini ko‘rish mumkin. Ishlab chiqaruvchi qurilma taqdimoti qachon bo‘lishini hozircha sir saqlamoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, gadjet sakkiz yadroli protsessor, 8 gigabayt operativ xotira, 32 gigabaytdan 64 gigabaytgacha farqlanadigan ichki xotira va barmoq izi skaneri bilan ta’minlanadi.

Avvalroq sizib chiqqan boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma diagonal o‘lchami 5,5 dyuym bo‘lgan Full HD ekranga ega bo‘ladi.

Moto M’ning asosiy kamerasi 16 megapiksel, old kamerasi esa 8 megapiksel bo‘ladi. Qurilma ikki xil — kumush va tilla ranglarda chiqarilishi kutilmoqda.
Просмотров (162)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar