Главная » iPhone 7 smartfonining taqdimot sanasiga oydinlik kiritildi
(Amerikaning Apple kompaniyasi o'zining yangi smartfoni iPhone 7ni 2016-yil 7-sentyabr' kuniyoq ommaga oshkor qilishi mumkin, deb habar qilmoqda Bloomberg agentligi o'z manbalariga tayangan holda.



Eslatib o'tamiz, iPhone 6 va 6S’larning taqdimoti ham sentyabr' oyida o'tkazilgan edi. Ularning savdosi 19 va 25-sentyabrdan boshlangandi. iPhone 7 telefoni esa, 16-sentyabrdanoq savdo peshtahtalarida paydo bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, Apple kompaniyasi shu kuni o'zining yana bir yangi avlod mahsuloti Macbook Pro’ni ham namoyish etishi mumkin. Uning dizayni yangilanib, klaviaturasining ustki qismiga sensorli panel' o'rnatilgan. Biroq, agentlik bu habarni inkor etib, yangi noutbuk boshqa kuni taqdim etilishini ta`kidlagan. Shu kuni Sony kompaniyasi ham N'yu-Yorkda o'zining yangi avlod PS4 Neo o'yin qurilmasini taqdim etishi kutilmoqda.
Просмотров (94)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar