Главная » Ispaniya chempionati muxlislari uchun ajoyib yangilik: UzReport TV La Liga o`yinlarini translyasiya qiladi
(

UzReport TV telekanali Ispaniya chempionati o`yinlarini translyasiya qiladi. Telekanal O`zbekiston hududida La Liga o`yinlarini translyasiya qilish huquqini sotib olganini rasmiy sayti orqali ma`lum qildi.

Xabarda ta`kidlanishicha, o`zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda UzReport TV Ispaniya chempionatining mavsum davomida qolgan 25 tur o`yinlarini jonli efirda ko`rsatadi.

Ta`kidlash joiz, shu vaqtga qadar O`zbekiston xududida birorta telekanal La liga translyasiyasiga rasmiy huquqni qo`lga kiritmagan edi.

UzReport TV tomonidan Ispaniya chempionati translyasiyasi sotib olingan va ayni vaqtda bu borada texnik ishlar olib borilmoqda.
Просмотров (73)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar