Главная » Ispaniyalik David Vilya AQSh chempionatining eng foydali o‘yinchisi sifatida tan olindi
(
O‘z vaqtida Ispaniyaning “Valensiya”, “Barselona”, “Atletiko” klublari sharafini himoya qilgan hujumchi David Vilya AQSh futbol ligasida mavsumning eng foydali o‘yinchisi sifatida tan olindi.TASS”ning MLS rasmiy saytiga tayanib ma’lum qilishicha, Vilya 2016-yilgi mavsum hisobidan 23 ta gol urib, 4 ta golli pas uzatgan. Bu mehnatlari tufayli u mavsumning ramziy terma jamoasidan ham joy olgan.

Ma’lumot uchun, David Vilya “Nyu-York Siti” futbol klubida to‘p suradi. Uning jamoasi mavsumni “Nyu-York RB” jamoasidan keyin 2-o‘rinda yakunlashga erishdi.
Просмотров (141)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar