Главная » Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 247 kishiga yetdi
(Italiyada yuz bergan zilzila qurbonlari soni 247 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.



Aniqlik kiritilishicha, qutqaruvchilar Amatriche, Akkumoli, Peskare va Arkuata-del-Trontoda qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi.

24–25-avgust kunlari Italiyada mamlakat markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari xotirasiga milliy motam e’lon qilindi.
Просмотров (85)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar