Главная » Jahongir Otajonov muxlislarini aldanib qolmaslikka chaqirdi
(

Xonanda Jahongir Otajonov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muxlislariga murojaat qilib, ularni firibgarlardan ogoh etdi.

“Aziz yurtdoshlar, albatta ba`zi insonlar o`zini men Jahongirning ukasiman yoki jiyaniman yoki yaqiniman deb turib va yana men bilan birga tushgan suratini ko`rsatib yoki boshqa bir shunga o`xshash harakatlar bilan sizlarni ishontirib, kimnidir konsertiga bilet sotsa yoki to`yga olib kelaman, deb aytsa va siz bunga ishonib zarar ko`rsangiz mendan xafa bo`lmang! Chunki men bilan bir kunda bir qancha odamlar suratga tushadi, men bilmaymanku kim nima niyatda suratga tushishini yoki so`ramaymanku nimaga suratga tushyapsiz, deb shuning uchun bilingki mening ukam yoki jiyanim boshqa san`atkorlarning konsertlariga bilet sotish huquqiga ega emas! Sog`-salomat va ehtiyot bo`linglar va bu masalada bizni bezovta qilmanglar, bilingki barcha konsertlarga chiptalar konsert bo`ladigan saroy kassalarida sotiladi”, deb yozadi Jahongir Otajonov.

Ma`lumot uchun, Jahongir Otajonov 11-12-13 mart kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yangi konsert dasturini taqdim etadi.
Просмотров (58)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar