Главная » Jahongir Otajonov qo`shiqlariga nima sababdan klip suratga olmasligini aytdi
(

Kuni kecha xonanda Jahongir Otajonov 28-29 oktyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida taqdim etiladigan “Kuz gullari” nomli konsert dasturi oldidan matbuot anjumani o`tkazdi.

Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan Jahongir Otajonovga turli mazmundagi savollar berildi.

“Yaqinda studiyada jonli ijrodan foydalanish borasida Olmoniyada o`qib keldim. To`g`risini aytsam, bir necha yildan buyon studiyada sayqallangan musiqa sadolari ostida ashula yozolmayman. Bu balki kamchiligimdir... Faqat jonli musiqa sadolari ostida qo`shiq yozishim mumkin. Klip suratga olmasligimning birinchi sababi shu, ya`ni studiyada yozilmagan qo`shiqqa video suratga olib bo`lmaydi.

Ikkinchidan, klipmeykerlarimiz ko`proq birovlarning g`oyasi bilan klip suratga olishayotganining guvohi bo`lyapman. Men yaratayotgan musiqaning o`z adabiyoti bor, klip suratga olish uchun uni tushunish kerak. Talabchanligim juda kuchli, o`zimga nisbatan ham atrofimdagilarga nisbatan ham. Klip suratga olmayotganimning sabablarimdan biri mana shu.

Birovlarning fikri bilan ish qilolmayman, bu menga halal beradi. San`atkor xalq orqasidan emas xalqni o`z orqasidan ergashtira olishi kerak, deb hisoblayman.

San`atkor xalq eshitadigan ashulani aytishi emas, san`atkor kuylagan ashulani xalq eshitishi kerak.”

Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan xonandaga klip olishi va uni yosh avlodga taqdim etishi kerakligi to`g`risidagi takliflardan kelib chiqib, Jahongir Otajonov kelgusida yoshlarimizga ozuqa bo`la oladigan kliplar suratga olishga harakat qilishini aytdi.
Просмотров (58)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar