Главная » Jahongir Poziljonov kimga ovoz berdi?
(

Avval xabar berganimizdek, “Elections.uz-2016” press-klubidagi uchrashuvlar jarayonida o`zi munosib bilgan nomzodga ovoz berishgan san`at ahlining ham fikrlari bilan qiziqdik.

Jumladan, Jahongir Poziljonov ham ovoz berish jarayonidagi taasurotlari bilan o`rtoqlashdi. Xo`sh, uni nima hayratga soldi?

Jahongir POZILJONOV, xonanda:

— Men Yunusobod tumanidagi 623-saylov uchastkasida ovoz berdim. To`rt farzandim bilan chiqdik. Menda bolalar uchun ham alohida xonalar tashkil etilgani ma`qul bo`ldi. Ovoz berish jarayonida xalqimizning, saylovchilarning faolligiga guvoh bo`ldim. Saylovchilar navbatda turganligi buni isbotlaydi. Eng muhimi, odamlarning kayfiyati bayramona bo`ldi. Ishonamanki, biz tanlagan nomzod ishonchimizga munosib bo`ladi.
Просмотров (278)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar