Главная » Jamila G`ofurova: “Orzularimiz amalga oshishida Yurtimizni to`g`ri tanlangan Prezident boshqarishi muhim”
(

Aktrisa Jamila G`ofurova press-klubga tashrif buyurib, bugungi muhim siyosiy kun haqidagi fikrlarini ma`lum qildi.

“Mening ovozim ahamiyatga ega ekanligidan xursandman. Men o`z ovozimni munosib nomzodga berdim, deb o`ylayman. Bu nomzodning kim ekanligi esa hozircha sir.

Vatanimning kelajagi uchun yaxshi niyatlar qildim. Yurtimizni buyuk kelajak kutayotganiga ishonaman. Bu saylov esa men va oila a`zolarim, jumladan qizimning hayotini xal qiladi. Qizim hozir maktabda o`qiyapti, uni kelajakda kollej, universitet kutib turibdi. Umuman olganda, bizning tinch-totuv hayot kechirishimizda, orzu-umidlarimizni ro`yobga chiqarishimizda Vatanimizni to`g`ri tanlangan Prezident boshqarishi juda muhim.

Kasbim borasidagi orzularimga to`xtaladigan bo`lsam, men ham o`zbek kinosi dunyo miqyosiga chiqishini orzu qilaman.

Vatanimiz kelajagi porloq bo`lishiga ishonaman!”,—deydi Jamila G`ofurova.
Просмотров (172)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar