Главная » Janubiy Koreya – O`zbekiston uchrashuvini Fahad Al-Mirdasi boshqarib boradi
(

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Janubiy Koreya – O`zbekiston uchrashuvini Saudiya Arabistoni qirolligidan bo`lgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 15 noyabr kuni Seulda bo`lib o`tadigan o`yinda bosh hakam sifatida Fahad Al-Mirdasi ishlaydi. Unga qanotlarda vatandoshlari Abdulla Mutlaq Al-Shalvay va Muhammad Al-Abakriy yordam beradadi. Yordamchi hakam - Turki Muhammad Al-Xudayr.

Hakamlar nazoratchisi etib ushbu o`yinga Biralshgan Arab Amirliklaridan Ali Muhammad Bujsaym tayinlangan. Komissar - Gutam Kar (Hindiston).
Просмотров (76)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar